“Roma” bunaqa o‘yin bilan har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga qodir

  • 14 iyul, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning 19 yoshli hujumchisi Portugaliyadagi yig‘in davomida Angliyaning “Sanderlend” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Tecno

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida rimliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarni Afena-Gyan va Nikolo Dzanolo kiritdi.

- Trigoriyadagi birinchi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin bunisi juda ajoyib chiqdi. Xarakterimiz kuchli va biz g‘alaba qozonishni istagan edik. Xuddi shunday o‘ynashda davom etsak, har bir uchrashuvni o‘z foydamizga hal qila olamiz.

Men jamoa manfaatlari uchun borimni berishga harakat qilaman. Har bir qulay vaziyatdan foydalanib qolishga urinaman. Mashg‘ulotlarda qattiq ishlashda davom etishim kerak, - dedi Feliks Afena-Gyan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!