“Roma”: Bu yil Dibalani maydonda ko‘rmaysiz!

  • 10 oktabr, 2022, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” A Seriyaning 9-turida o‘z maydonida “Lechche”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, qimmatli uch ochkoga ega bo‘ldi. Bu g‘alaba Joze Mourinoga haqiqatan juda qimmatga tushdi.

Tecno

Rimliklarning g‘alaba to‘pi muallifi Paulo Dibala penaltini aniq bajarish chog‘ida son mushaklarini jarohatlab oldi.

O‘yin keyin Joze Mourino argentinalik yulduzning jarohati jiddiy ekanini ma’lum qildi.

- Jarohat juda jiddiy ko‘rindi. To‘g‘risini aytsam, Dibala bilan gaplashganimdan keyin ahvolancha og‘ir ekanini bildim. Uni bu yil maydonda ko‘rmasak kerak, - dedi Joze Mourino.

Dibala poytaxtliklarning o‘n bitta o‘yinida ettita to‘p kiritib, jamoaning asosiy to‘purariga aylangan edi. Bundan tashqari, 28 yoshli hujumchi jahon chempionatida qatnashadigan Argentina terma jamoasining ishongan o‘yinchilaridan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!