“Roma” bu hujumchi bo‘yicha barcha takliflarni rad etdi

  • 20 avgust, 2022, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati universal hujumchi Nikolo Dzanolo bo‘yicha barcha chorlovlarni rad etdi, deb xabar tarqatdi Italiyaning mashhur La Gazetta dello Sport nashri.

Tecno

Avvalroq, rimliklar 23 yoshli futbolchini 50-60 million evroga sotib yuborishga tayyor edi. Birinchilardan bo‘lib, “Yuventus” Nikoloni olish uchun kurashni boshladi. Turinliklar o‘yinchi uchun rimliklarga bir necha futbolchilarini va ma’lum miqdorda mablag‘ taklif qildi. Biroq, “Roma” mutasaddilari Dzanoloni qo‘yib yubormadi.

Shuningdek, “Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte ham hamyurtini Angliya premer-ligasiga taklif qilgandi. Biroq bu chorlov bo‘yicha ishlar oziriga etmay qoldi.

Ayni paytda “Roma” Dzanoloning yana ikki yil davom etadigan shartnomasi yangilash bo‘yicha muzokaraga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!