
"Roma" bu darvozabonga jiddiy qiziqib qoldi
"Empoli" darvozaboni Gulelmo Vikario faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi rahbariyati keyingi mavsumda Vikarioni jamoa tarkibida ko‘rishni istamoqda. Transfermarkt portali esa 26 yoshli italiyalik posbonni 12 million evroga baholamoqda.
Vikario joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 19 ta gol o‘tkazib yubordi va 5 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U "Empoli"ga o‘tgan yozgi transferlar davrida ko‘chib o‘tgan edi. U bungacha "Kalyari", "Venetsiya" va "Peruja" klublarida ham o‘ynagan.
«Roma» ayni damda Italiya A Seriyasida 15 turdan keyin 27 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Bugungi kunda “bo‘rilar”ning asosiy darvozaboni portugaliyalik Rui Patrisiu hisoblanadi.
Fikrlar