
"Roma" bir futbolchi uchun hamshahari bilan raqobatlashadi
"Ayntraxt" klubining hujumkor qanot yarim himoyachisi Filip Kostich A Seriya klublarining e’tiboriga tushdi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi uchun Rimning ikki grandi - "Roma" va "Latsio" kurash boshlagan. Serbiyalik iqtidor egasining ayni damdagi transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Kostich joriy mavsum "Ayntraxt" safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar