
“Roma” Abraxamdan ajralib qolishi mumkin
Temmi Abraxam “Roma”ning asosiy kuchi hisoblanadi. Angliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda 53 ta uchrashuvda 27 ta gol urib, jamoasiga katta foyda keltirdi.
Kelasi mavsum Temmi “Roma”da qolishi aniq bo‘lib ulgurgan. Ungan “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Tottenxem”dan qiziqish bo‘lishiga qaramay, Abraxam Rimda qolishni ma’qul ko‘rdi.
Biroq, kelasi masum tugashi bilan “Chelsi” 24 yoshli to‘purarni qaytarib olmoqchi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “aristokratlar”da 2023 yilning yozida Abraxamni 80 million evroga qayta sotib olish huquqi bor. Londonliklar aynan mana shu band yordamida futbolchini ortga qaytaradi.
Abraxamning o‘zi Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepish yoqmoqda. Tomas Tuxel jamoasida zaxiraga mixlanib qolgan futbolchi Rimga ko‘chib kelganidan keyin to‘purarlik mahoratini qayta namoyish qila oldi va Angliya terma jamoasiga ham qaytarildi.
Fikrlar