"Roland Garros". Ilk finalchi nomi 5 set davom etgan o‘yinda aniqlandi

  • 12 iyun, 2021, 02:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Tennis bo‘yicha Frantsiya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ilk finalchi nomi aniqlandi.

Birinchi yarim final bellashuvida germaniyalik Aleksandr Zverev hamda yunon sportchisi Stefanos Tsitsipas o‘zaro kurash olib bordi. Dastlabki ikki setdi bir xil, 6:3 hisobida o‘z foydasiga yozdirib qo‘ygan Stefanos keyingi ikkitasida 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi setda Tsitsipasning asablari mustahkamroq chiqdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:3, 4:6, 4:6, 6:3.

Ikkinchi finalchi nomiga Nadal va Jokovich o‘rtasidagi bahs oydinlik kiritib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!