
"Roland Garros". Barcha yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi!
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatida chorak final bahslari o‘tkazilmoqda.
Turnirning birinchi raqam ostida saralangan raketka ustasi Novak Jokovich chorak final bosqichidan o‘rin olgan o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Italiyalik Mateo Berrettiniga qarshi kortga chiqqan serbiyalik tennischi 4 setda bellashuv taqdirini hal etdi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:2, 6:7(5:7), 7:5.
Endi Jokovich final chiptasi uchun qum qoplamali kortlar qiroli deya e’tirof etiladigan Rafa Nadal bilan kuch sinashadi. Ikkinchi finalchi nomi germaniyalik Aleksandr Zverev hamda gretsiyalik Stefanos Tsitsipas o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.
Fikrlar