
"Roland Garros". Ayollar o‘rtasidagi bahslarda final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiradigan Frantsiya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bahslarida chempion nomin aniqlandi.
Hal qiluvchi bahsga qadar etib kelgan chexiyalik Barbora Kreychikova hamda Anastasiya Pavlyuchenkova to‘qnashuvi 3 set davom etdi. Ilk setni yutib olgan Barbora keyingisida imkoniyatni boy berdi. Ammo 3-setda bor kuchini ishga solgan chexiyalik raketka sohibasi g‘alabani o‘zi tomonga og‘dirdi.
Shu tariqa, finalda 6:1, 2:6, 6:4 hisobi bilan zafar quchgan Barbora Kreychikova "Roland Garros" joriy mavsumi g‘olibasiga aylandi.
Fikrlar