"Roland Garros". Ayollar o‘rtasidagi bahslarda final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

  • 11 iyun, 2021, 16:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

"Roland Garros" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi bahslarida yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Birinchi finalchi nomi chexiyalik Barbora Kreychikova hamda yunon raketka ustasi Mariya Sakkari o‘rtasidagi bellashuvda aniqlandi. Setlarning dastlabkisini o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Barbora keyingisida raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi setda Kreychikovaga biroz omad kulib boqdi. Yakuniy hisob: 7:5, 4:6, 9:7.

Ikkinchi yarim final bahsida Anastasiya Pavlyuchenkova va sloveniyalik Tamara Zidanshek o‘zaro kurash olib bordi. Kutilganidek, o‘yin rus sportchisining katta ustunligi ostida kechdi va yakunda Pavlyuchenkova 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Barbora Kreychikova hamda Barbora Kreychikova o‘rtasidagi final bellashuvi 12 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!