
"Roland Garros". 19 yoshli tennischi ilk bor "Katta dubulg‘a" turnirida g‘olib bo‘ldi
"Roland Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi bahslarida chempion nomi aniqlandi.
Finalgacha bir qator sensatsiyalar ko‘rsatib, hal qiluvchi bahsga etib kelgan polshalik Iga Shvyontek turnirning 4-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Sofiya Keninga qarshi kortga chiqdi. Bahs oldidan amerikalik Kenin favorit sifatida qayd etilayotgan edi.
Biroq Shvyontek 2 setda o‘yin masalasini hal qildi va o‘z faoliyati davomida ilk "Katta dubulg‘a" sovriniga ega chiqdi. Yakuniy hisob: 6:4, 6:1.
Fikrlar