Rojers "Lester"ga "Liverpul" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 6 aprel, 2021, 20:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning markaziy yarim himoyachisi Nabi Keyta yangi mavsumni APLning boshqa bir klubida boshlashi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, 26 yoshli gvineyalik futbolchining xizmatlariga "Lester" jiddiy qiziqib qolgan. "Tulkilar" uni joriy yozgi transferlar davrida tarkibga qo‘shib olmoqchi. Agar Keyta so‘nggi paytlarda mersisaydliklar safida asosan zaxirada qolayotganini inobatga olganda, ushbu transfer amalga oshishi haqiqatga ancha yaqin.

Keyta joriy mavsum “Liverpul” safida 15 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu o‘yinlarda jami 672 daqiqa maydonda harakat qildi.

"Liverpul" Keytani 2018 yil "RB Leyptsig"dan 60 million evro evaziga sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!