Rojer Federer "Mastres"ni o‘ziniki qilmoqchi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Mayami shahrida o‘tayotgan "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqaning to‘rtinchi davrasiga yo‘l oldi.
Rojer ushbu bosqichda serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqdi. Ikki setda davom etgan o‘yinda Federer 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi "Miami Open" turnirining to‘rtinchi davrasida R.Federer rossiyalik Daniil Medvedev va amerikalik Reylli Opelkiga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar