Rodrigoning uyiga o‘g‘ri tushdi
Ispaniya kubogi final uchrashuvida Rodrigo Goesning uyi talon-taroj qilindi.
Madridning “Real” klubi finalda “Osasuna” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritdi. Bu o‘yinda Rodrigo dubl qayd etdi.
"EFE" nashri xabariga ko‘ra, ushbu o‘yin vaqtida "Real" vingeri ota-onasi bilan birga yashaydigan uy noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Futbolchining yaqinlari o‘sha paytda o‘yin o‘tkazilayotgan stadionda bo‘lishgan.
Qaroqchilar qanday zarar etkazgani hozircha noma’lum. Politsiya jinoyatchilarni qidirmoqda.



Fikrlar