Rodrigoni yanvarda oladigan ikki klub topildi
Angliya Premer-ligasining ikki qudratli klabi – “Liverpul” va “Arsenal” qishki transfer oynasida Madridning “Real” jamoasini tark etishi mumkin bo‘lgan qanot hujumchisi Rodrigo Goes uchun taklif tayyorlamoqda.
Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar da’vogarlarga, agar taklif ularni qanoatlantirsa, 24 yoshli futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishlarini ma’lum qilgan.
Transfer bo‘yicha ekspertlar “Real” Rodrigo uchun 85-90 million evro atrofida badal puli talab qiladi.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar