
Rodriges: Yamal menga o‘xshaydi
Xames Rodrigesning fikricha, Neymar "Oltin to‘p"ni uch marta qo‘lga kiritishi mumkin edi.
Kolumbiyalik futbolchi intervyu davomida "Real Madrid" va "Barselona"ning o‘yinini baholadi va Neymarning "Oltin to‘p" olish imkoniyati haqida gapirdi.
- "Real"ning o‘yinlarini kam kuzataman. O‘tgan yili ular Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi va Mbappe kelishi bilan ular yanada kuchaydi deb o‘ylayman.
Menimcha, "Barsa"da ham holat yaxshi. Yamalning harakatlari menikiga o‘xshab ketadi. Ha, u yuqori darajadagi futbolchi bo‘ladi. Unda Neymarda mavjud bo‘lgan ba’zi xususiyatlar bor.
Mening nazarimda, agar Messi va Krishtianu Ronaldu bo‘lmaganida, Neymar uchta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi, - dedi yarim himoyachi "Los Amigos de Edu" dasturi efirida.
Fikrlar