
Rodri hech narsani bilmaydi!
"Manchester Siti" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi uchun Parijga uchib ketishga bor yo‘g‘i bir hafta oldin qaror qilgan. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emas. Bu haqda unga hech kim xabar bermagan.
Avvalroq OAVda bironta ham "Real" vakili Parijdagi "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimiga kelmasligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Tadbirni boykot qilish qarori "Los-Blankos"ning braziliyalik vingeri Vinisius Juniorning mukofotni olmasligi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 oktyabr kuni “Oltin to‘p” mukofoti topshiriladi. Marosim Parijdagi Shatle teatrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar