Rodri: Bu g‘alaba "Siti"ni top-klubga aylantirgan barcha futbolchilarga bag‘ishlanadi

  • 11 iyun, 2023, 06:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rodri Chempionlar ligasi finalida "Inter"ga urilgan g‘alaba golidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ko‘p his-tuyg‘ular mavjud. Bir orzu amalga oshdi. Bu voqea sodir bo‘lishini yigitlarning barchasi, muxlislarimiz, bilmayman, necha yildan beri kutishgan. Ular bunga loyiq, biz bunga loyiqmiz. So‘nggi yillarda g‘alabaga yaqin edik.

Bu oson emasdi. Qanday raqib! Ular ajoyib himoyalanadi va qarshi hujumga o‘tdi! Biz borimizni berdik.

Men birinchi bo‘limda yomon o‘ynadim. Ammo finalda odatdagidek yaxshi o‘ynashni kutish mumkin emas. Hissiyotlarga berilishimiz va asabiylashishimiz tayin. 

Biz yirtqich hayvonlar kabi kurashdik, ko‘proq g‘alabaga tashna edik. Bu daqiqalar boshqa takrorlanmaydi. Kelgusi yil g‘alaba qozonamiz, degan umiddamiz. Hozir esa bayram qilamiz.

Bu g‘alaba "Manchester Siti"ni top-klubga aylantirgan barcha futbolchilarga bag‘ishlanadi: Serxio Aguero, David Silva va boshqalar", - dedi "shaharliklar" yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!