Rodri: "Biz chempionlik uchun kelganmiz"

  • 9 iyul, 2024, 11:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes Frantsiya terma jamoasi bilan bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Frantsiya – dunyoning eng yaxshi ikki jamoasidan biri hisoblanadi. Ular bir necha yillardan beri o‘z darajasini ko‘rsatib kelmoqda va ajoyib jismoniy tayyorgarlikka ega hamda qarshi hujumlarda ajoyib harakat qiladi. Frantsiyada ko‘plab iqtidorli futbolchilar bor. Ammo biz ulardan qo‘rqmaymiz. Biz bu erga chempionlik uchun kelganmiz", - deya Rodrining so‘zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi bugun tungi soat 00:00da start oladi. Bellashuvga Myunxendagi "Alyants Arena" mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!