Robot-darvozabon Ronalduning “ta’ziri”ni berdi

  • 1 dekabr, 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu NASA va Apple kompaniyalari sobiq muhandisi Mark Rober tomonidan ishlab chiqilgan robot-darvozabon bilan uyushtirilgan sinovda ishtirok etdi.

Tecno

Mark Rober mashhur futbolchiga sun’iy intellekt yordamida harakatlanadigan robot darvozabonga gol urish taklifini berdi.

Bu eksperiment  eksperimentga qarshi  40 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Portugaliya terma jamoasi yig‘inida qatnashayotgan paytda o‘tkazildi.

Ronaldu dastlab uzoq masofalardan zarba yo‘lladi. Tez orada portugaliyalik yulduz bu usulda gol urolmasligiga amin bo‘ldi. Keyin 11 metrlik belgidan turli usulda zarba berib ko‘rdi. Robot ketma-ket 11 marta zarbani qaytardi.

Krishtianu o‘n ikkinchi urinishda maqsadiga etdi. Ronaldu to‘pni darvoza burchagiga, ustun yonginasiga yo‘naltirdi va robotni ojiz qoldirib, to‘pni darvoza to‘riga joyladi.

- Bu ajoyib va aqlbovar qilmaydigan narsa, - dedi Krishtianu Ronaldu hayratini yashira olmay.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2023 yilning boshidan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portaliga ko‘ra, tajribali hujumchi saudiyaliklar safida jami 117 ta uchrashuvda ishtirok etib, 104 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!