
Robin van Persi raqib jamoada 12 futbolchi o‘ynaganiga qanday munosabat bildirdi?
Niderlandiya futbolida g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Chempionatning 21-turida taniqli sobiq futbolchi Robin van Persi bosh murabbiylik qilayotgan “Xerenven” o‘z maydonida “Fortuna” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 89-daqiqasida mezbonlar hisobda 2:1 hisobida oldinda borayotgan vaziyatda “Fortuna” tarkibida bir daqiqa davomida 12 nafar futbolchi o‘ynayotgani ma’lum bo‘ldi. 90-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi – 2:2.
“Xerenven” bosh murabbiyi Robin van Persi bellashuvdan keyin o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Raqib bizga qarshi bir daqiqa davomida 12 kishi bo‘lib o‘ynadi. Oqibatda to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordik. Bu holat burchak to‘pi belgilanishi bilan yakunlandi.
Bunaqa yuqori darajadagi uchrashuvda bunday holat yuz berishining o‘zi g‘alati. Men bundan hayratlandim. Lekin Niderlandiya futbol ittifoqining boshini og‘ritmaymiz. Bunaqasi bo‘lishi mumkin emas, - dedi Robin van Persi.
Fikrlar