
Roberto Bautista-Agut muhim g‘alabaga erishdi
Ispaniyalik tennischi Roberto Bautista-Agut Madrid shahrida o‘tayotgan "Devis kubogi"ning final uchrashuvi doirasida kanadalik tennischi Feliks Oje bilan kuch sinashdi.
Ular o‘rtasidagi o‘yinda Roberto 7:6, 6:3 hisobida raqibidan ustun keldi va terma jamoasini 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi.
Endi Ispaniya va Kanada o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi uchrashuvida Rafael Nadal va Denis Shapovalov o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar