
Robert Uittakerning keyingi jangi qachon?
O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Robert Uittaker navbatdagi jangining ehtimoliy sanasini aytdi.
“Yangi yilning birinchi kunidanoq mashg‘ulotlarga faol tarzda kirishganman. Keyingi jangga mukammal tayyorgarlik ko‘rishni istayman. Har bir mag‘lubiyatdan so‘ng men ancha kuchliroq bo‘lib qaytganman va bu safar ham shunday bo‘ladi" — deb avstraliyalikning so‘zlarini keltirmoqda "Sportskee" da.
Eslatib o‘tamiz, Uitteker so‘nggi jangida Xamzat Chimaevdan 1-raunddayoq sabmishn evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar