
Robert Uittaker: "Uni engish uchun o‘limga tayyor bo‘lish kerak"
O‘rta vazn toifasida(84 kg) sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittaker diviziondagi amaldagi chempion Drikus dyu Plessi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, Adesanya ajoyib jang qildi, ammo o‘sha kecha Drikus shunchaki daxshatli formada edi. Lekin men uni mag‘lub etish uchun nima qilish kerakligini bilaman. Buning uchun o‘lishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Shunda Plessini engishingiz mumkin”, — dedi Uittaker MMArcad Podcast You Tube kanalida.
Ma’lumot uchun, Dyu Plessi shu paytgacha MMA da 24 ta jang o‘tkazgan. Ulardan 22 tasida g‘alaba qozonib, 2 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Fikrlar