Robert Uittaker: "Iliya Topuriyaga engil vazndagi chempionlik jangini tezroq berish kerak, chunki..."

  • 2 aprel, 16:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

UFC cobiq chempioni Robert Uittaker promoushen yulduzlari Islom Maxachev (27-1) va Iliya Topuriya (16-0) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"UFC Topuriyaga nima va’da qilganini bilmayman. Ammo agar siz o‘z ixtiyoringiz bilan kamarni tashlab, divizionni o‘zgartirsangiz, sizga chempionlik jangi berilishi kerak. Shu bois men Islam va Iliya to‘qnashuvini tezroq ko‘rishni istayman!" - dedi avstraliyalik "MMArcade" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya so‘nggi jangida amerikalik Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratib, o‘zining birinchi chempionlik himoyasini amalga oshirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!