
Robert Uittaker Hamzat Chimaevga qarshi jang rejasini oshkor qildi
O‘rta vazn toifasi(84 kg)da sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittaker(26-7) chechen jangchisi Hamzat Chimaev(13-0)ga qarshi jang rejasini oshkor qildi.
“Bu yigitga qarshi jangga tayyorlanish uchun asosan ikkita yig‘indan o‘tdim. O‘ylaymanki, mahorat bo‘yicha men har qachongidan ham yaxshiroq darajadaman. Nazariy jihatdan Hamzat bilan jangga imkon qadar yaxshi tayyorlandim. Katta ehtimol bilan, Chimaev jangni tez yakunlashni afzal ko‘radi va kurashga dastlabki raunddayoq kirishadi. Yagona savol shundaki, u birinchi raundda qancha kuch sarflaydi. Agar men bahs boshidayoq bunga tayyor turib, o‘zimni himoya qila olsam, g‘alabaga erishishim mumkin. Chunki keyingi raundlarda Hamzat charchagan bo‘ladi”, — deya Robertning so‘zlarini keltirdi BJ Penn portali.
Fikrlar