
Robert Uittaker Aldjameyn Sterling Pyotr Yan jangida kim g‘alaba qozonishini tahmin qildi
Xabaringiz bor, 10 aprel kuni "UFC 273" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasining ikkinchi markaziy jangida o‘ta engil vazn toifasining amaldagi chempioni Aldjameyn Sterling hamda sobiq chempion Pyotr Yan o‘rtasidagi revansh ham o‘rin olgan.
Mazkur jang borasida o‘rta vazn toifasi etakchisi Robert Uittaker o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Pyotr Yan xayratlanarli tarzda yaxshi. U birinchi jangda ham ustunligi namoyish eta olgandi. Revansh jangida ham Yan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritadi", - deya Uittakerni so‘zlarini keltirdi, Sport Skeeda.
Fikrlar