
Robert Pires Ronalduning muvaffaqiyat siri haqida gapirdi
Robert Pires Krishtianu Ronalduning faoliyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, Saudiya ligasi kuchli. Sababi, hozir u erda ko‘plab ajoyib futbolchilar bor. Albatta, birinchi bo‘lib Krishtianu Ronaldu esga tushadi, chunki u bu erga birinchi bo‘lib kelgan. Ronaldu ajoyib futbolchi va har doim o‘z jamoasi bilan hamma narsani yutishni istaydigan professional.
Ishonamanki, u butun hayotini futbolga bag‘ishlagan va shuning uchun u o‘z futbolchilik faoliyatida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi", - dedi "Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi "Al-Arabia" nashriga.
Fikrlar