
Robert Levandovskining "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari
"Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski EChL doirasida bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Germaniya nashrlari xabar berdi.
- Biz chorak finalga yo‘l oldik. Raqiblar ancha kuchayib bormoqda. Navbatdagi o‘yin "Barselona"ga qarshi. Bu jamoa musobaqa favoritlaridan. Lekin biz EChLda zafar quchishni istaymiz. Buning uchun kataloniyaliklarni mag‘lub etishimiz kerak va bu borada qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz, - dedi hujumchi.
"Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar