Robert Levandovski: "Barselona"ni yo‘limizdan olib tashladik. Endi navbat yarim finalga

  • 17 avgust, 2020, 12:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski EChL chorak finalida "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Tecno

- EChL chorak finalida ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Raqib ancha kuchli edi. Bunday yirik hisobni kutmagandik. Biroq jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alabaga erishdi.

 "Barselona"ni yo‘limizdan olib tashladik. Endi navbat yarim finalga. Bu bosqichda "Lion" bilan o‘ynaymiz va finalga chiqishni istaymiz, - dedi hujumchi.

Musobaqaning yarim finalidan o‘rin olgan "Lion" - "Bavariya" uchrashuvi 19 avgust kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!