Robert Garsiya: "U 47 yoshida ham chempionlarni enga oladi"

  • 3 sentabr, 2024, 17:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sobiq jahon chempioni, hozirda amerikalik murabbiy Robert Garsiyaning fikricha, kichik Floyd Meyvezer hali ham professional ringga qaytishi mumkin.

Tecno

 "Nima deyishmasin, nima deb o‘ylashmasin, Meyvezer hozir ham yuqori saviyada o‘ynay oladi. Floyd yaxshi formada va haqiqiy jangga tayyor. Men uni Virjil Ortis yoki Jaron Ennis kabi yigitlarni mag‘lub etadi, demayman, lekin Meyvezer ko‘plab chempionlarni engishga qodir, masalan, Eimantas Stanionis va Mario Barrios kabilar", - dedi Garsiya EsNews You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Floyd Meyvezer 47 yoshda. Amerikalik professional karerasini 2015 yilda yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!