Robben yana katta futbolga qaytishi mumkin, ammo...
Yaqindagina butsalarini mixga ilgan gollandiyalik mashhur futbolchi Aren Robben yana professional futbolga qaytishi mumkinligini iste’sno etmadi.
“Men doim shunday deyman: hech qachon hech qachon dema. Albatta, qancha uzoq o‘ynamasang, futbolga qaytish shuncha qiyin bo‘ladi. Men futbolga qaytish imkoniyatlarimni juda yuqori baholamagan bo‘lardim”, - deydi 35 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Robben joriy yilning 4 iyul kuni faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi. U 18 may kuni “Bavariya” safida o‘zining xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan edi.



Fikrlar