
Robben yana gol urishni boshlab yubordi
“Bavariya”ning sobiq vingeri Aren Robben professional futbolga qaytgach, ilk golini urdi.
“Groningen” safida to‘p surayotgan 36 yoshli futbolchi, bugun “Arminiya”ga (1:1) qarshi o‘yinda 17-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. E’tiborlisi, bu uning katta futbolga qaytgach, urgan ilk goli bo‘ldi.
Robben faoliyati davomida “Bavariya”dan tashqari “Chelsi” va “Real” kabi jamoalarda ham to‘p surgan.
Fikrlar