
Robben qachon safga qaytadi?
Gollandiyaning "Groningen" klubi hujumchisi Aren Robben jarohati sabab, taxminan 1 oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
36 yoshli futbolchi bir yillik tanaffusdan so‘ng, yaqindagina katta futbolga qaytgan va "Groningen" klubi bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan edi.
Robben joriy mavsum faqatgina 2 ta bellashuvda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar