Robben: Gvardiola faoliyatimdagi eng zo‘r murabbiy, u - futbol dahosi
Gollandiyalik sobiq futbolchi Aren Robben Xosep Gvardiolani faoliyatidagi eng zo‘r murabbiy deb aytdi.
“Men juda ko‘p yaxshi murabbiylar bilan ishladim, ammo ular orasida Gvardiola eng zo‘ri bo‘lgan. Uning qo‘l ostida o‘ynash menga juda yoqardi. U futbol dahosi.
Pep “Bavariya”ni boshqarganda men 30 yoshda edim. Bu yoshda siz shunchaki yomon o‘ynay boshlaysiz. Ammo, men Gvardiola tufayli o‘sishga erishdim. Men xatto o‘zim tasavvur qila olmaydigan pozitsiyalarda o‘ynardim”, - deydi Robben.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Bavariya”ni 2013-2016 yillarda boshqardi va 3 karra Germaniya chempioni bo‘ldi.



Fikrlar