
R.Nadal va N.Jokovich Rim tarixini yangilashdi
Final uchrashuvida Nadal dunyoning birinchi raketkasini uch setda taslim etdi va bosh sovrinni qo‘lgak kiritdi. Shuningdek, ushbu bahsda bir nechta rekordlar ham yangilandi.
Rim shahrida kuni kecha nihoyasiga etgan “Masters” turnirining finalida serbiyalik Novak Jokovich va ispaniyalik Rafael Nadal bahs olib borgan edi.
Jumladan, 2012 yildan buyon ilk bor “Masters” turnirilarining finali 6:0 hisobi bilan boshlandi. O‘shanda Rojer Federer aynan Jokovichdan xuddi shu hisobda ustun kelgan edi.
Shuningdek, oradan 39 yil o‘tib, Rim shahridagi “Masters”ning finalida ham birinchi set 6:0 hisobida yakunlandi. Nadalga qadar argentinalik Gilermo Vilas 39 yil oldin frantsiyalik Yannik Noani 6:0 hisobida taslim etgandi.
Fikrlar