
"Rizespor" tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi
"Rizespor" Turkiya chempionatining 34-turida "Ankaragyuju"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab, mehmonlar ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa, 56-daqiqada Bayich javob qaytardi. 90+9 daqiqada esa Rodriges hisobni tenglashtirdi. Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakatlandi. Himoyachi sheriklariga 23 ta aniq pas berdi, 3 ta long-bol amalga oshirdi, 1 bora blok qo‘yib, 1 ta podkat ishlatdi.
Mazkur bahsdan keyin rizeliklar turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar