
"Rizespor" so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi
Turkiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Rizespor" - "Gaziantep" uchrashuvi mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda dastlab mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay avtogol evaziga imkoniyatlarni tenglashdi. So‘nggi daqiqalarda esa Olavoyin va Zekirilarning gollari evaziga "Rizespor" zafar quchdi. Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakatlandi.
Shu tariqa, rizeliklar turnir jadvalida 42 ochko bialn 7-o‘ringa joylashdi.
"Rizespor" 3:1 "Gaziantep"
Fikrlar