
Rivaldo yozda Neymar qaysi jamoaga o‘tishini aytdi
Braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo hamyurti Neymarning qishki transferlar davrida PSJni tark etishiga ishonmayapti, ammo yozda buni amalga oshirishiga ishonchi komil. Boz ustiga, Rivaldo 2017 yilda transfer qiymati rekordini o‘rnatgan braziliyalik qaerga borishini ham biladi.
“Uning hozir, qishda PSJdan ketishiga ishonmayman. Lekin, mavsum oxirida bu sodir bo‘lishi mumkin. Menimcha, Neymar hali o‘zi o‘ynamagan Angliya chempionatiga ham borishi mumkin. U Angliyada tezkor va hujumkor o‘yin ko‘rsatadigan «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin. U Neymar uchun eng yaxshi jamoa”, - dedi Rivaldo Italiyaning ITASportPress agentligiga bergan intervyusida.
Fikrlar