Rivaldo: "Oltin to‘p" uchun kurashda Messi bilan raqobatlashadigan birorta futbolchini ko‘rmayapman

  • 3 may, 2019, 10:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar forvardi Lionel Messining ko‘rsatayotgan o‘yini haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Barselona”da yana Messidek o‘yinchining paydo bo‘lishi juda qiyin. Hozir u dunyoning eng zo‘r futbolchisi hisoblanadi. Individual mukofotlarda Messi bilan raqobatlashadigan futbolchini ko‘rmayapman. Hali mavsum yakunlanmadi, biroq, u amalda “Oltin to‘p” va FIFAning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini qo‘lga kiritib bo‘ldi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” sharafini 2003 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar bilan birga 10 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Ispaniya kubogi va 8 karra Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari, 4 karra UEFA Chempionlar ligasi, 3 karra UEFA Superkubogi va 3 karra Klublar o‘rtasida jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!