Risharlison: Van Deyk - top himoyachi, ammo eng zo‘ri emas
"Everton" forvardi Richarlison "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Odamlar Virjil haqida ko‘p gapirishadi. Ha, u ajoyib himoyachi, ammo men uni bir necha marotaba aldab o‘tishga ulgurganman. Uni eng yaxshi himoyachi deb e’tirof etishdi, chunki u mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Men uchun eng kuchli himoyachilar Serxio Ramos (Real), Markinos va Tiago Silva (PSJ)", - deydi Risharlison.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni Riashrlison va van Deyk jamoasi APL 30-turi doirasida "Gudison Park"da bahs olib borishadi.



Fikrlar