
Rio Olimpiadasidagi mag‘lubiyati tufayli AIBA ni poraxo‘rlikda ayblagan bokschi uchun profida revansh imkoniyati bor
Irlandiyalik Maykl Konlan va rossiyalik Vladimir Nikitin o‘rtasidagi jang kuni rasman e’lon qilindi. Mazkur qarama-qarshilik o‘ziga hos revansh jangi hisoblanadi.
Ikki bokschi o‘rtasidagi to‘qnashuv 14 dekabr kuni Nyu-Yorkda “Madison Square Garden”da bo‘lib o‘tadi va markaziy jangi Terens Krouford - Egidius Kavalyauskas bo‘lgan boks oqshomining anderkardida ringga ko‘tarilishadi.
Konlan va Nikitin o‘rtasidagi birinchi jang havaskor boks doirasida ya’ni, 2016 yilgi Rio Olimpiadasining 1/4 final bosqichida bo‘lib o‘tgandi. Endi ular professional boksda to‘qnash keladi.
O‘shanda hakamlarning qaroriga binoan Nikitin 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Jangdan so‘ng irlandiyalik jiddiy e’tiroz bildirgan va AIBA ni poraxo‘rlikda ayblagandi.
Fikrlar