
Rio Ferdinand Azar «Real»ga noto‘g‘ri vaqtda o‘tib qolganidan havotirda
«Manchester Yunayted» klubining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand hujumchi Eden Azar haqida gapirdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.
- Agar siz yangi jamoa, «Real»dek katta klubga o‘tar ekansiz, doimiy tarzda to‘p oshiriladigan futbolchi bo‘lishingiz lozim. Azar mashg‘ulot va rasmiy uchrashuvlarda salohiyatini ko‘rsatishi kerak.
Men undan havotirdaman. Azar «Real»ga noto‘g‘ri vaqtda kelib qolmadimikan, deb qo‘rqyapman. Ular cho‘qqiga chiqadigan darajada emaslar, chunki bu jamoaning yoshi o‘tib bormoqda, o‘yinchilarda yorqinlik ko‘rinmayapti. Bu Azarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin, – dedi Ferdinand.
Fikrlar