"Rio-2016" chempioni uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi

  • 15 oktabr, 2021, 18:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Nigeriyalik para pauerliftingchi Pol Kexinde antidoping qoidalarini buzgani uchun jazoga tortildi. Uning 2020 yil mart oyida topshirgan doping sinamasida taqiqlangan modda aniqlandi.

Tecno

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi sportchini 30 oyga diskvalifikatsiya qildi. Endi Kexinde 2020 yilning 9 martidan 2022 yilning 8 sentyabriga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.

Ma’lumot uchun, Pol Kexinde erkaklar o‘rtasida -65 kg vazn toifasida "Rio-2016" yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari u 2017 yil Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!