Ringda hushidan ketgan bokschi biroz o‘tib vafot etdi

  • 1 aprel, 17:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

40 yoshli nigeriyalik Gabriel Olusegun Olanrevadju yarim og‘ir vazn toifasida ganalik Jon Mbanuguga qarshi jang qildi. Biroq 3-raund davom etayotgan bir paytda Gabriel to‘satdan hushini yo‘qotdi.

Tecno

Unga, tezkorlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgach, darhol Korle-Bu kasalxonasiga olib ketildi. Biroq oradan yarim soat o‘tgach bokschining vafot etgani e’lon qilindi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, bu jang Olusegunning faoliyatidagi 24-jangi bo‘lishi kerak edi. Bu vaqtgacha u 13 marta g‘alaba qozongan va sakkiz bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan, shuningdek, ikkita jangni durang bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!