Rim Gran-prisi. Bugun bir vazndagi ikki sportchimiz turnirdagi yurishini boshlaydi

  • 5 iyun, 2022, 13:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Rim Gran-prisida ishtirok etmoqda.

Tecno

Bugun -80 kg vazn toifasidagi sportchilarimiz o‘z yurishini boshlaydi. Tokio-2020 ishtirokchisi Nikita Rafalovich ozarbayjonlik Ayxan Tag‘izadega qarshi dayanga chiqsa, umidli vakilimiz Shuhrat Salaev Iordaniya sharafini himoya qilayotgan Fahed Sbeyhi bilan kuch sinashadi.

Kecha 3 nafar taekvondochimiz bahslarda ishtirok etgandi. Ulardan Shohrux Rajabov birinchi bosqichda o‘z yurishini to‘xtatdi. Feruza Sadikova hamda Svetlana Osipova esa, ilk jangida muvaffaqiyat qozondi, ammo ular ham medal taqdim eta olmadi.

Voqealar rivojini SPORTS.uz orqali kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!