
Riberining qilgan harakati uchun "Fiorentina" prezidenti uzr so‘radi
"Fiorentina" klubi prezidenti Rokko Komissoning so‘zlariga ko‘ra jamoa vingeri Frank Riberining diskvalifikatsiyasini muhokama qilishni bas qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, Riberi A Seriyaning 9-turidan o‘rin olgan “Latsio”ga (2:1) qarshi o‘yinda qanot hakami Matteo Passeriga nisbatan qo‘pol muomala qilgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
“Biz allaqachon Riberining diskvalifikatsiyasi masalasida kelishib oldik. Endi olg‘a yurish kerak. Uning qilgan xatti-harakatlari uchun men o‘zim kechirim so‘rayman. U chempionatdagi eng zo‘ri edi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Men ham hakamlar bilan juda kamdan-kam bahslashaman”, - deydi Komisso.
Fikrlar