Revansh bo‘larmikin?

  • 30 oktabr, 2024, 09:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Aleksandr Volkanovski yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya bilan revansh vaqtini ma’lum qildi.

“Raqiblar hududida ko‘p marta jang qilganman. Lekin Ispaniyadagi turnir ajoyib o‘tadi...Agar Topuriya bilan jangim 2025 yil oxirida bo‘lsa, men uchun yaxshi emas. Chunki yoshim pand berishi mumkin.  Ehtimol bu menga chempionlikni qo‘lga kiritish uchun motivatsiya ham bo‘lar... Bu so‘nggi imkoniyat.  Men bunga bor kuchimni beraman. Umid qilamanki, biz kelgusi yilning boshida jang qilamiz", - dedi Volkanovski Ariel Xelvanining podkastida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 298" turnirida Iliya Topuriya 2-raundda Aleksandr Volkanovskini nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!