
Respekt! Ro‘zador futbolchi uchun hakam APL o‘yinini to‘xtatdi (FOTO)
APLning 34-turidan o‘rin olgan "Sautgempton" - "Lester" uchrashuvini boshqargan hakam Robert Jons futbolchilardan biri ro‘zador futbolchining tamaddi qilib olishi uchun o‘yinni to‘xtatdi.
“Lester” himoyachisi Uesli Fofana tanaffus paytida banan eb, suv ichdi. Gap shundaki, frantsiyalik futbolchi musulmon va ramazon paytida ro‘za tutadi.
20 yoshli Fofana joriy mavsum “Lester” safida jami 30 ta o‘yin o‘tkazdi. Shulardan 26 tasi APL doirasidan o‘rin olgan.
“Tulkilar” 34 turdan so‘ng 63 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi “Chelsi” hisobida 58 ochko bor.
Fikrlar