Reshfordning bu mavsumdagi maqsadi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" safida ijara asosida to‘p surib kelayotgan Markus Reshford yangi mavsumda 30 tadan 40 tagacha golli uzatma amalga oshirishni maqsad qilgan. "Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, angliyalik futbolchi so‘nggi uch mavsum davomida barcha turnirlarda jami 27 ta assist qayd etganiga qaramay, bu mavsumda natijasini anchagina yaxshilashni rejalashtirmoqda.
27 yoshli hujumchi Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatma bergan va 2 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Markus Reshford oktyabr oyidagi FIFA kunlari uchun Angliya terma jamoasi ro‘yxatiga ham kiritilgan.



Fikrlar